вторник, 11 мая 2010 г.

chorvachilikni rivojlantirish

Surxondaryo viloyati aholisining deyarli asosiy kasbkori dehqonchilik va chorvachilikdir.Chorvachiligimizning rivojlanishida fasllarning ham ahamiyati juda kattadir.Chunki bahorning Surxondaryodan boshlanishi ham chorvadorlarimizga ancha muncha diqqatini oshirib masuliyat yuklaydi. Sababiki qishdan toliqibchiqqan qo'y qo'zilarni, sigir-buzoqlarni dalaga yani tog' adirlarga o'tloqlqrga chiqarishga urinishadi.Irodasi metinday qattiq,mehnatkash cho'pon cho'liqlarimiz kechani kecha demay, kunduzni kunduz demay,ob-havoning har qanaqa noqulaylik tug'dirgan paytlarida ham qaddini tik tutib chorvalarimizning ovqatlanish tartibini buzmaslikka xarakat qilishadi.

четверг, 6 мая 2010 г.

chorvachilik

Ajdodlarimiz qadim-qadimdan chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan. Chorvachilik bilan shug'ullanish ovchilikdan kelib chiqqan. Bunga misol qilib qadim zamonlarda odamlar qabila -qabila bo'lib yashashgan davrlarni ko'rsatish mumkin.Chunki ular ovchilik yo'li bilan har xil yovvoiy hayvonlarni tutib ularni istemol qilishgan va bazilarini honakilashtirishga urinishgan va uddasidan chiqqanlar.Asrlar osha honakilashtirilgan hayvonlarning soni oshib bormoqda.Bugungi kunda asosan mustaqil O'zbekistonimizda ham chorvaning qorako'lchilik, angor echkilarini rivojlantirish ham keng ommalashgan.Chorvadorlarimiz Respublikamizning ishbilarmon tadbirkorlariga sut, go'sht,teri va yung mahsulotlarini yetishtirib bermoqda.